Xotira va qadirlash kuni

9-may Xotira
9-may xotira va qadirlash kuni munosabati bilan o’tkazilgan Rasmlar tanlovida 7-A sinf o’quvchisi Erkinova Muxlisaning chizgan rasmi

Informatika to’garagidan fotolavxalar

foto
foto

Ozodbek Nazarbekov Prezident spichrayterining kitobiga taqriz yozdi

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Prezidentining spichrayteri Xayriddin Sultonovning kitobiga taqriz yozdi. Taqriz matni O‘zAda keltirildi. Uni quyida to‘liq o‘qishingiz mumkin.

Donolar “Yaxshi kitob — ko‘ngil xazinasi”, deb bejiz aytmagan.

Atoqli yozuvchi Xayriddin Sultonning “Odamlardan tinglab hikoya” to‘plamini mutolaa qilar ekanmiz, u ma’naviy mulkimiz, bir umrlik hamrohimiz, do‘stimiz, darddoshimizga aylanib qolganini yurakdan his etamiz.

Xo‘sh, ushbu kitobni ko‘nglimizga yaqin qilgan, o‘qishliligi, muvaffaqiyatini belgilab bergan jihatlar nimalardan iborat? Avvalo, muallif hassos shoir Hamid Olimjonning bizni bolalikning sirli, sehrli olamiga yetaklovchi, har birimizning qalbimizda iliq va qadrdon xotiralarni uyg‘otuvchi go‘zal satrini kitobga nom sifatida tanlab olgan.

“Odamlardan tinglab hikoya”. Birgina ushbu misraning o‘zi bizni odamlar, uzoq yillardan buyon shirin diydoriga talpinib yashayotganimiz — bobo-yu buvilarimiz, ota-onamiz, do‘st-u yaqinlarimiz haqida o‘ylashga undaydi. Ular bilan kechgan dilbar suhbatlar, qiziqdan qiziq hangomalar, voqea-hodisalarni yodga soladi. Shu orqali ularning yorqin qiyofasi ko‘z oldimizda yana bir bor jonlanadi.

Xayriddin Sultonning ushbu kitobini o‘qish asnosida ham ana shunday sog‘inchli hislar olamiga tushib qolamiz. Chunki to‘plamga kiritilgan hayotnomalarni muallif to‘qib chiqargan emas, u faqat do‘st-u yaqinlaridan, zamondoshlaridan eshitgan voqea-hodisalarni, esdaliklarni, kechinmalarni qog‘ozga tushirgan, xolos.

Ulug‘ adib Abdulla Qahhor “Quyosh, havo, yer, suv barcha jonivor va ko‘katlarga ozuqa berganidek, xalq hayoti yozuvchiga ilhom beradi. Yozuvchi qanchalik iste’dodli, uning qalam tutgan qo‘li qanchalik tajribali bo‘lsa, xalq undan shunchalik chuqurroq minnatdor bo‘ladi, uning ijodini, umuman, adabiyotni shunchalik chuqurroq hurmat qiladi”, deb yozganida naqadar haq edi.

Xayriddin Sulton ham kitobga kirgan hikoyalarni xalqdan olib, o‘z tafakkur prizmasidan o‘tkazib, go‘zal shakl va uslubda yana xalqqa tortiq qilgan. Hikoyalarni aytib berganlar orasida taniqli olimlar, ziyolilar, shifokorlar, ijodkorlar, davlat xizmatchilari, vazirlardan tortib oddiy qishloq ayoli — 75 yoshli keksa onaxon ham bor. Bu insonlar o‘zlari, do‘st-u oshnolari, yaqinlarining boshdan kechirganlari, goh achchiq, goh shirin xotiralarini hikoya qilar ekan, ularning quvonch va qayg‘ulari, orzu-armonlari, dard-u hasratlari sizga ham begona emasligini anglaysiz. Chunki ularning aksariyati biz bilan zamondosh, hatto qismatdosh ham.

Bu qahramonlarning aksariyatini ko‘pchilik taniydi. Ular aytib bergan hikoyalarni balki ular ham tinglagan chiqar. Biroq bu aytimlarni badiiy asarga aylantirish, ularning ibratli jihatlarini anglab, dilga yaqin bir uslubda qog‘ozga tushirish oson ish emas. Hamma ham bu haqda bosh qotirmaydi va barchaning ham qo‘lidan bunday ish kelmaydi. Buning uchun ijodkordan yuksak iste’dod, mahorat, qunt va mehnat talab qilinadi. Yozuvchining “odamlardan hikoya tinglash” usuli asarlar tilining soddaligi, mazmunan xalqchilligini ta’minlagan. Masalan, Toshkent shahrining sobiq bosh imom-xatibi, marhum Anvar qori Tursunov aytib bergan hikoya orqali bu ma’rifatparvar insonning hikmatlarga boy suhbatlari, sof va samimiy hazil-mutoyibalari yodga tushadi.

“Omad” sarlavhali ushbu hikoyada har bir insonga, kim bo‘lishidan, qaysi lavozimda ishlashidan qat’i nazar, unga Yaratgan tomonidan ato etilgan tole zarur ekanligini anglaymiz. Hikoya qahramoni Botirbek — uzoq yillar ishsizlik jabrini chekib, moddiy yetishmovchiliklar girdobiga tushib qolgan yigit nihoyat qori akamiz ko‘magi bilan o‘z yashab turgan qishloq qabristoniga go‘rkovlikka tayinlanadi. Biroq bir yil o‘tib, ushbu hududga borgan Anvar qoriga yana o‘sha yigit ro‘baro‘ bo‘ladi va yana ish topib berishini iltimos qiladi. Sabab… sabab esa juda oddiy, hatto biroz kulgili, quvonchli ham. Ya’ni bir yildan buyon ushbu qishloqda odam o‘lmagan.

“Endi… bu sinoatni qarang — katta qabriston bor, go‘rkov bor, ketmon, belkurag-u guvala — hamma narsa bor, imom-xatib rozi, odamlar rozi, faqat… faqat o‘lik yo‘q, xolos! Ya’ni Botirbekda kuch-quvvat bor, aql-idroki joyida, g‘ayrati jo‘sh urib yotibdi, faqat tole pastlik qilib, omad kelmay turibdi-da, omad! Shuning uchun, azizlar, Alloh taolodan so‘raganimizda omad ham so‘rash kerak ekan…”, deya hikoyasini yakunlaydi Anvar qori Tursunov.

Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov aytib bergan voqealar ham shu kecha-kunduzda hayotimizda kechayotgan, bizni o‘yga solib turgan umr lavhalaridir. Olim ulug‘ bobolarimiz, jumladan, Mirzo Boburning xotirasini abadiylashtirish, uning merosini o‘rganish, izlab-topish, asrab-avaylash haqida so‘zlaydimi yoxud jafokash afg‘on zaminida ko‘rgan-kechirganlarini, notinchlik keltirib chiqargan fojialarni yo Buyuk Britaniyada ona Vatanimizga kelmasdan, bu yerdagi real holatni bilmasdan turli uydirmalarni to‘qiyotgan g‘arazgo‘ylar bilan tortishuvlarini hikoya qilib beradimi — bularning barchasi o‘quvchini hayotga teran nazar tashlash, o‘zligini anglash, milliy g‘ururini toblash, bugungi tinch-totuv, dorilamon kunlarni qadrlash, globallashgan dunyoda doimo ogoh va sergak, hushyor yashashga undaydi.

To‘plamga kiritilgan hikoyalar qahramonlari qismati har birimiz uchun g‘oyat ibratli. Misol uchun, “Bir dollarlik hikoya” asari qahramoni — 60 yoshli yozuvchi Isroil Qalandar. U “Tabassum o‘lkasi” — Tailandda safar taassurotlarini qog‘ozga tushirar ekan, beixtiyor o‘z yurtini eslaydi, bolaligi, orzu-maqsadlari yo‘lida kurashib yashagani ko‘z oldidan o‘tadi.

— O‘zbek qishlog‘ida tirikchilik qilish hech qachon oson bo‘lmagan, hozir ham oson emas, balki bundan keyin oson bo‘lar, ammo mening yoshligim kechgan o‘tgan asrning oltmishinchi-yetmishinchi yillarini eslasam…, beixtiyor “Men odam edim-ku, inson farzandi!” deb yig‘lagim keladi, — hikoya qiladi u. — Taxminan, yetti yashar qishloq bolasini onasi ertalab, to‘rt-beshlarda “Kun choshgoh bo‘lib ketdi, yotaverasanmi g‘aflat bosib, ana, qo‘shnining bolasi allaqachon moliga qarab bo‘ldi, tur o‘rningdan, yaramas!” degan “shirin” so‘zlar bilan uyg‘otadi. Bola apil-tapil yuz-qo‘lini yuvib, molxonaga yuguradi: mollarning tagini tozalaydi, oxuriga pichan soladi, qo‘yga yem beradi, somon yuvib, tog‘orada tert qoradi. Soat sakkiz bo‘lganida bir burda nonni bir piyola quruq choy bilan yutib, maktabga ravona bo‘ladi… Har kuni — qishin-yozin, necha yillar davomida yakkash shu holat takror bo‘laveradi: og‘il tozalash, molga yem berish, sug‘orish, o‘tga borish, pichan o‘rish, somon yanchish…

Ayni paytda u mavjud turmush qa’ridan ro‘shnolik, yorug‘lik sari eltadigan yagona bir yo‘l borligini bilar, garchi u paytda Imom Buxoriyning nomini ham, u zot rivoyat qilgan “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas”, degan hadisni eshitmagan bo‘lsa-da, instinktiv tarzda, butun jon-u jahoni bilan shu girdobdan chiqib ketishga urinar, sharoiti qanchalar og‘ir bo‘lmasin, o‘lib-tirilib o‘qir edi…

Asar qahramoni — ana shunday qiyinchiliklarni yuksak iroda bilan yengib o‘tib, hozirgi kunda o‘z orzu-maqsadlariga erishgan inson. Uning taqdiri bugun ham qishlog‘-u ovullarda voyaga yetayotgan minglab o‘g‘il-qizlarga o‘rnak bo‘la oladi. O‘z taqdirining ijodkoriga aylanishi uchun kuch va ruh beradi.

“Valijon kasal bo‘ldi” nomli hikoyada hayotning achchiq sinovlariga duch kelgan inson taqdiri misolida bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizning barcha hududida faoliyat boshlagan Xalq qabulxonalarining insonlar dard-u tashvishlarini aritish, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu g‘oya ro‘yobiga xizmat qilayotgani ochib berilgan.

“Maktub” sarlavhali hikoyada bugungi kunda butun dunyoni larzaga solgan va uning zarbli to‘lqini hali ham ne-ne qudratli davlatlarni qalqitib turgan koronavirus balosining ayanchli oqibatlari o‘zining badiiy ifodasini topgan. Asar qahramoni — insonlarga yaxshilik qilish, ularning salomatligini tiklashga butun umrini bag‘ishlagan shifokor Qobil Shonazarovning ushbu “ko‘rinmas ofat” qurboniga aylanishi yurak-bag‘ringizni o‘rtaydi. Ezgulik hech qachon zavol topmasligini, shu bilan birga, bugungi murakkab davrda har bir kishi o‘z sog‘lig‘iga befarq bo‘lmasligi, hushyorlik, mardlik va matonatni hayotiy shiorga aylantirishi lozimligini chuqur anglaymiz.

…Buyuk jadid bobomiz Cho‘lpon qayd etganidek, adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘ngan, qoralangan, o‘chgan, majruh, yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg‘on, o‘tkir yurak kirlarini yuvadurg‘on toza ma’rifat suvi, xiralagan oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladirg‘on buloq suvi bo‘lg‘onlig‘idan bizga g‘oyat kerakdir.

Shu ma’noda, taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonning butun ijodi, xususan, “Odamlardan tinglab hikoya” kitobi ma’rifat suvi yanglig‘ qalb va tafakkurimizni yorug‘ va ravshan qiladi. Asardan chiqargan xulosalarimiz, olgan taassurotlarimiz, tarbiyamiz bizga bir umr hayot yo‘llarimizni nurafshon etuvchi yo‘lchi yulduz, ma’rifat mayog‘i bo‘lib qoladi.

«Creative learning center»-сифатли ва кафолатли таъли

Талаба бўлиш орзусидамисиз? Энг сифатли ва кафолатли билим берувчи ўқув марказ излаяпсизми? «Creative learning center» Сиз излаган ўқув марказ. Биз Сизга автомобиль таклиф қилмаймиз, лекин сифатли таълим беришни кафолатлаймиз. Бухоронинг Қоракўл мактабидан етишиб чиққан ўқитувчилардан иборат «Creative learning center» ўқув марказини танлаб адашмайсиз, биз cизга мақсадларингизга етишишингизда яқиндан ёрдам бера оламиз. Олинган маълумотларга кўра, бу йил Creative learning center ўқув маркази томонидан тайёрланган абитуриентларнинг 91,7 фоизи талаба бўлди. Шулардан 70 фоизи давлат гранти асосида республикамиз нуфузли олий таълим муассасаларига қабул қилиндилар.

«Creative learning center» ўқув марказини танлашингиз учун асослар:

  • Бухоронинг Қоракўл мактабидан етишиб чиққан камида 10 йиллик тажрибага эга юқори малакали, тестолог ўқитувчилар қаттиққўллик асосида дарс беради;
  • Машғулотлар ноанъанавий Creativе усулларда олиб борилади;
  • Машғулотлар давомийлиги 4-5 соатни ташкил этган ҳолда, барча тингловчилар билан индивидуал тарзда ишланади;
  • Ҳар ойда бизнинг барча абитуриентларимиз DTМ репетицион тестларини топширади ҳамда ўз билимини текшириб, мустаҳкамлаб боради;
  • Гуруҳда ойлик тест синовларида энг юқори ўринни эгаллаб 100 фоиз ЧEГИРМАга эга бўлишингиз мумкин;
  • Ота-оналар фарзандларининг билим даражаси ўсиши ҳақида доимо ҳисобот олиб турадилар;
  • Тўловлар бир йил учун тўлиқ ҳолда эмас, балки ҳар ойда бўлиб-бўлиб тўланади;
  • Марказнинг ҳар томонлама қулай (барча транспорт воситалари учун) жойда жойлашганлиги.
  • Эндиликда жорий қилинган 3 та мажбурий фанлар 60 фоиз чегирма асосида ўқитилади.

WordPress Themes